Линклар

Fransiya hukumati rossiyalik bir guruh futbol ishqibozlarini mamlakatdan chiqarib yubormoqda.

Rasmiy Parij rus fanatlari Yevro-2016 chempionati paytida jamoat tartibini buzishlari mumkin, degan xavotirda.

Dushanba kuni Marsel prokuraturasining e’lon qilishicha, 11 iyunda Rossiya-Angliya futbol uchrashuvidan oldin va keyin angliyalik ishqibozlar bilan to‘qnashuvlarda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 150 nafardan ziyod rossiyalik bezori qatnashgan.

Shahardagi aksar buzg‘unchiliklar uchun mas’uliyat aynan ularning zimmasiga yuklatilgan.

Marseldagi to‘qnashuvlarda 30dan ortiq odam jarohat olgan, ulardan ba’zilarining ahvoli o‘ta og‘ir ekani aytiladi.

Yevropa futbol assotsialari ittifoqi - UEFA rossiyalik futbol ishqibozlarini irqchilik, ommaviy janjallar va pirotexnikadan foydalanishda ayblab, Rossiya futbol ittifoqiga nisbatan ish ochdi.

UEFAning ogohlantirishicha, agar futbol fanatlari o‘rtasida janjallar to‘xtamasa, Rossiya va Angliya milliy jamoalari Yevropa chempionatidan chetlashtiriladi.

XS
SM
MD
LG