Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:04

UEFA Rossiyani Yevropa chempionatidan shartli ravishda chetlatdi


FRANCE SOCCER UEFA EURO 2016 football
FRANCE SOCCER UEFA EURO 2016 football

Yevropa Futbol Uyushmasi - UEFA Rossiyani Yevro-2016 chempionatidan shartli ravishda chetlatishga qaror qildi.

Shuningdek, UEFA Rossiyani 150 ming yevro jarimaga tortdi.

Agar rossiyalik futbol ishqibozlari tartibsizliklarni davom ettiraversa, Rossiya futbol jamoasi Yevro-2016 chempionatidan butunlay chetlatiladi.

Uyushma qarori Marselda 11 iyun kuni Angliya 1:1 Rossiya o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin va keyin yuz bergan zo‘ravonliklar ortidan olindi.

Ikki milliy terma jamoa ishqibozlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida o‘nlab odamlar jarohat olgandi.

Marselda uch kun davom etgan to‘qnashuvlarda 35 kishi yaralandi, ulardan to‘rt nafarining ahvoli hozirda og‘ir.

Fransiya bosh prokurori ma’lum qilishicha, Britaniya, Fransiya va Avstriya fuqarolari bo‘lgan o‘n nafar ishqiboz ustidan kelgusi dushanba kuni sud bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG