Линклар

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirining aytishicha, yaqinda shimoli-g‘arbiy Aqto‘be shahrida ikkita qurol-yaroq do‘koni va harbiy bo‘linmaga hujum qilgan qurolli shaxslar "Suriyalik imom" izdoshlari bo‘lgan.

Qalmuxanbet Qasimov 45 nafar hujumchi Suriyalik "imom"ning "kofirlar"ga qarshi jihodga chaqiriqlarini televizor orqali ko‘rib borganini bildirdi.

Qasimovga ko‘ra, guruhning 20 nafar a’zosi oxirgi daqiqada hujumda ishtirok etishdan bosh tortgan.

Qasimoov "Suriyalik imom"ning televizion chiqishlariga doir tafsilotga to‘xtalmadi.

5 iyun kuni sodir etilgan hujumda, Ichki ishlar vazirining aytishicha, beshta oddiy fuqaro va uchta harbiy halok bo‘lgan.

Uning ilova qilishicha, xavfsizlik kuchlari hujumchilarning 18 nafari halok etgan va qolganlarini hibsga olgan.

Hujum uchun hech bir guruh mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

10 iyun kun Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev hujumlar uchun salafiylarni ayblagan edi.

Rossiya chegarasidan 100 kilometr masofada joylashgan Aqto‘be shahri 2011 yilda Qozog‘istondagi ilk xudkushlik hujumiga sahna bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG