Линклар

Toshkentdan Ozodlikka bog‘langan oltinsoylikning aytishicha, 23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti arafasida namunaviy uy qurayotgan mehnat muhojirlari poytaxtdan chiqarib yuborilgan. Muhojirlarga 1-iyuldan keyin shaharga qaytishi va keyingi oydan boshlab, poytaxtga vaqtincha propiska ochilishi ham aytilgan.

Ismini sir saqlagan oltinsoylik tinglovchiga ko‘ra, shaharda mardikorlar yig‘iladigan Mehnat birjalari, bozorlar va mardikorlar ishlayotgan manzillarga reyd uyushtirayotgan IIV xodimlari bu maskanlarda propiskasiz ishlayotgan viloyatliklarni shahardan chiqarib yubormoqda.

- Sergelida namunaviy uy qurayotgan oltinsoylik yigitlarni shahardan chiqarib yuborishdi. Ularga 24 iyundan keyin kelinglar, depti. U yigitlarning propiskasi yo‘q edi, chunki yaqinda kelishgan. Men kecha Mehnat birjasiga telefon qilib, so‘radim: "Shu bolalarga propiska urib berasizlarmi?" desam, "1 iyuldan keyin beramiz, ungacha propiska yo‘q. Uyiga ketishsin!" dedi. Ketdi u bolalar. Men esa ishlagan joyimdan ko‘chaga chiqmayapman, umuman qimirlaganim yo‘q, yotoq joyim ham shu yerda, - deydi oltinsoylik tinglovchi.

Quyida bu tinglovchi bilan suhbatni eshitishingiz mumkin:

23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti munosabati bilan poytaxtda xavfsizlik choralari may oyi boshidan kuchaytirilgan.

Toshkentdan propiskasiz yurgan shaxslar viloyatlarga qaytarilayotgani, ta’lim muassasalariga 10 iyundan ta’til berilgani, kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari esa kazarma rejimiga o‘tkazilayotgani kuzatilmoqda. Toshkent viloyatidan poytaxtga qatnab ishlaydiganlarga ham sammit kunlari ta’til berilishi aytilmoqda.

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG