Линклар

Fransiya politsiyasi 14 iyun kuni Yevro-2016 turnirida sodir etilgan zo‘ravonliklarda ishtirok etganlikda gumonlangan rossiyalik 43 futbol ishqibozini hibs qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, ular tergov o‘tkazilishi munosabati bilan hibsda yana bir kun ushlab turiladi.

Rus futbol ishqibozlari Fransiya janubidagi Lill shahrida avtobusda ketayotgan paytda qo‘lga olingan. Tergovchilar qo‘lga olingan shaxslarning ayrimlari Marselda o‘tgan haftada Britaniya futbol ishqibozlariga nisbatan zo‘ravonlik qilgani to‘g‘risida aniq va ishonchli dalillarga ega ekanini aytmoqda.

Marsel prokuraturasining e’lon qilishicha, 11 iyunda Rossiya-Britaniya futbol uchrashuvidan oldin va keyin ingliz ishqibozlar bilan to‘qnashuvlarda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 150 nafardan ziyod rossiyalik bezori qatnashgan.

Marseldagi to‘qnashuvlarda 30dan ortiq odam jarohat olgan, ulardan ba’zilarining ahvoli o‘ta og‘ir ekani aytiladi.

Seshanba kuni UEFA Rossiyani Yevro-2016 chempionatidan shartli ravishda chetlatishga qaror qildi va 150 ming yevro jarimaga tortdi.

Agar rossiyalik futbol ishqibozlari tartibsizliklarni davom ettiraversa, Rossiya futbol jamoasi Yevro-2016 chempionatidan butunlay chetlatiladi.

XS
SM
MD
LG