Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:59

Rossiya rasmiysi AQShdagi kiber hujumga rus xakerlari aloqador ekanini rad etdi


Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 14 iyun kuni rus xakerlarni AQSh Demokratik partiyasi milliy qo‘mitasi ma’lumotlar bazasiga qilingan hujumga aloqador ekani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rad etdi.

Avvalroq "Vashington Post" gazetasi Demokratik partiya rasmiylariga tayangan holda rossiyalik hakerlar rus maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan prezidentlika nomzod Donald Tramp mansub partiya milliy qo‘mitasi ma’lumotlar bazasiga hujum qilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Xabarda aytilishicha, xakerlar ekspertlar tomonidan yig‘ilgan Donald Trampga oid ma’lumotlarni hamda elektron yozishmalarani qo‘lga kiritgan.

Gazetaning bildirishicha, Demokratik partiya kompьyuterlariga qilingan hujumda xakerlarning ikki guruhi ishtirok etgan. Qo‘mita va kiberhujum oqibatlarini bartaraf etgan shirkat vakillarining bildirishicha, har ikki guruh Rossiya hukumati foydasiga siyosiy va iqtisodiy josuslik qilish bilan shug‘ullanib kelgan.

XS
SM
MD
LG