Линклар

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkentda 23-24 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxt “yopilishi”, kirish va chiqish, transport harakati cheklanishi to‘g‘risidagi xabarlarni “asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumot” sifatida inkor qildi.

Vazirlikning 14 iyun kuni kechqurun tarqatgan matbuot bayonotida aytilishicha: ”Shaharga kirish va chiqish tartibi odatdagiday qolaveradi, ayni paytda tekshiruv tadbirlari kuchaytiriladi”.

Ichki ishlar vazirligi sammit paytida Toshkentning bir nechta ko‘chasidagina transport harakati vaqtincha cheklanishini bildirdi. Bu cheklovlarning kuni va vaqti matbuotda e’lon qilinishi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG