Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:14

Rossiyada kreditga uy sotib olish bo‘yicha o‘zbeklar 4-o‘rinda


O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada xorijliklar orasida ipotekaga uy sotib olish bo‘yicha 4-o‘rinni egallamoqda.

"Rossiyskaya gazeta"ning xabar berishicha,so‘nggi olti yil ichida xorijliklar, jumladan, o‘zbekistonliklarning uy-joy sotib olish holati besh marotaba ko‘paygan.

Gazetaning rasmiy ma’lumotlarga tayanib yozishicha, Rossiyada uy sotib olish bo‘yicha xorijliklar orasidagi birinchi o‘rinni 45 foiz ko‘rsatkich bilan belaruslar, ikkinchi o‘rinni 19 foiz bilan ukrainlar egallamoqda.

Uchinchi o‘rinda qozog‘istonliklar bo‘lib, ular uy - joy sotib olish uchun ipoteka olgan xorijliklarning 7 foizini tashkil qiladi.

Rossiya banklaridan ipoteka krediti olgan o‘zbekistonliklarning soni esa 6 foizni tashkil qiladi.

O‘zbekistonliklardan keyingi beshinchi o‘rinni 4 foiz bilan moldaviyaliklar egallagan.

XS
SM
MD
LG