Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 12:35

Rossiya va Ukraina mahbuslar bilan almashdi


Rossiyada qamoqda ushlab turilgan ukraina fuqarolari Genadiy Afanasyev va Yuriy Soloshenko seshanba kuni Kievga qaytarildi.

Kreml mazkur ikki shaxsni Ukrainaning Odessa shahridagi rossiyaparast sepataristlar guruhiga mansublikda ayblanib qamoqqa olingan jurnalistlar Yelena Glishinskaya va Vitaliy Didenkoga almashtirdi. Glishinskaya va Didenko ham kecha Moskvaga topshirilgan.

25 yoshli Afanasyev Moskva 2014 yilda Qrimni annektsiya qilganidan so‘ng Rossiyaga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirmoqchi bo‘lganlikda ayblanib qo‘lga olingan edi. U 7 yilga qamalgan.

33 yoshli Soloshenko esa ukrain zavodlaridan birida bosh elektronchi bo‘lib ishlagan. U Moskvada 2014 yil avgustida havo hujumidan mudofaa raketalari ehtiyot qismlarini sotib olishga uringanlikda ayblanib 6 yilga qamalgan edi.

Rossiyaga topshirilgan Glishinskaya va Didenko Kiev tomonidan Oddesa shahridagi “Bessarabiya xalq radasi” ayrimachi guruhiga a’zolikda ayblanib hibs qilingandi.

Moskva qamoqxonasidan ozod qilingan Afanasьev va Soloshenko Kievga yetib borgach, rus qamog‘ida qiynoqlarga hamda noinsoniy munosabatga duchor bo‘lganlari haqida gapirib berdi.

XS
SM
MD
LG