Линклар

AQSh prezidenti Barak Obama seshanba kungi chiqishida Respublikachilar partiyasidan Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimiga muhtamal nomzod Donald Trampni musulmonlarga nisbatan pozitsiyasi uchun qattiq tanqid qildi.

Bir kun muqaddam Tramp “terror xatari manbasi haqida gapirarkan, Barak Obama “radikal islom” kabi kalimalarni ishlatmaydi” hamda “prezident Obama o‘zi uchun amerikaliklar xavfsizligidan ko‘ra siyosiy boadablik muhimroq ekanini isbotlayapti”, degandi.

Musulmonlarning AQShga kirishini taqiqlab qo‘yishni taklif qilgan Tramp ayni paytda Obamaga prezidentlikdan iste’fo berishni, Hillari Klintonga esa prezidentlik poygasidan chekinishni tavsiya qilgandi.

Obama 14 iyundagi chiqishida Trampning bu iddaosiga javob bergandek bo‘ldi. U o‘zi prezident bo‘lgan etti yarim yil mobaynida “radikal islom” kabi yorliqdan foydalanmaganini to‘g‘ri va zarur strategiya bo‘lganini urg‘uladi.

- Xavf-xatarni belgilash uchun boshqa atamadan foydalanish bizni bu xatardan xalos qilmaydi, - dedi prezident Obama.

Obamaga ko‘ra, Donald Trampning bayonotlari terrorchilarga qo‘l kelishi mumkin.

- Bu ularning propagandasidir, bu ularga tarafdor yig‘ishda yordam beradigan vositadir. Agar biz barcha musulmonlarni bir xil rangda ko‘rsatib, butun mintaqa bilan urush holatidaekanimiz haqida tasavvur paydo qilib, tuzoqqa tushadigan bo‘lsak, terrorchilarga juda katta yaxshilik qilgan bo‘lamiz, - dedi Barak Obama.

Trampning musulmonlar AQShga kirishini vaqtincha taqiqlab qo‘yish hamda fuqarolari AQSh va ittifoqchilariga qarshi terror xurujlari sodir etgan musulmon o‘lkalaridan immigratsiyani to‘xtatishga oid yangi chaqirig‘iga javob berarkan, prezident Obama bunday fikr va g‘oyalar Amerika qadriyatlariga zid kelishini bildirdi.

Tramp fikrlarini AQSh Kongressi Namoyandalar palatasida Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan spiker Pol Rayan ham tanqid qildi.

- Men musulmonlarning (AQShga) kirishini taqiqlab qo‘yish bizning mamlakatimiz manfaatiga ishlaydi, deb o‘ylamayman. Men bunday qadam bizning mamlakatimiz tayangan tamoyillarni aks ettiradi, deb o‘ylamayman, - dedi Pol Rayan.

Dushanba kuni Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidenti lavozimiga muhtamal nomzod Donalьd Tramp Orlandodagi gey klubda sodir etilgan terror xuruji ortidan islom va musulmonlar xususidan qator tanqidiy bayonotlar bergandi.

XS
SM
MD
LG