Линклар

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik rossiyalik milliarder Alisher Usmonov boshqa bir qator rossiyaliklar qatori Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 11 iyundagi farmoni bilan “Za blagodeyanie” nishoni bilan mukofotlandi.

Farmonda aytilishicha, milliarder “Xayriya ishlari va jamoatchilik faoliyatiga qo‘shgan katta hissasi va uchun” taqdirlangan.

Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga yordam sifatida 300 million rubl ajratgani, joriy yilning fevral oyida Fabio Kapelloning yetti oylik maoshini to‘lash uchun 400 million rubl ajratgan edi. Shuningdek, u 2015 yilning 17 iyun kuni amerikalik genetika olimi Jeyms Uotsonga uning Nobel medalini qaytargani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

Alisher Usmonov va u boshqarayotgan “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi 2015 yili Rossiyaning “Yil homiysi” unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

Peterburgda bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro madaniy forumning maxsus komissiyasi Alisher Usmonovning Rossiya madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlaganini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG