Линклар

“Urganch” xalqaro aeroporti fuqaro aviatsiyasining “Aeroport” assotsiatsiyasi versiyasi bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan “MDH mamlakatlarining eng yaxshi aeroporti” tanlovida “MDHga a’zo mamlakatlarning 2015 yildagi eng yaxshi aeroporti” hamda “Turizm sohasiga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominatsiyalarida g‘olib topildi, deb xabar qildi Milliy aviakompaniya matbuot xizmati.

Aytilishicha, 2014 yilning 15 dekabrida “Urganch” xalqaro aeroportida soatiga 300 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega xalqaro va mahalliy parvozlar terminali ishga tushirilgan.

“Urganch” xalqaro aeroporti axborot agentliklari tiliga yaqinda boshqa bir sabab bilan ham tushdi.

EgyptAir aviashirkatiga qarashli Airbus A-330 Qohiradan Pekinga xalqaro parvozni amalga oshirayotgan payti 8 iyun kuni ertalab soat 7:58da favqulodda ravishda Urganch shahari xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgandi.

Portlash xavfi tufayli Urganchdagi aeroportga qo‘nishga majbur bo‘lgan EgyptAir aviashirkatining yo‘lovchi uchog‘i, tekshiruvlardan so‘ng O‘zbekistonni tark etgan.

XS
SM
MD
LG