Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:44

Chirchiq daryosi uzra ko‘prik qurilishi mablag‘ yo‘qligi tufayli to‘xtab qoldi


Chorvoq suv ombori yo‘nalishidagi yo‘lning yangi qismi hamda Chirchiq daryosi uzra ko‘prik qurilishi vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar qildi podrobno.uz nashri Respublika yo‘l jamg‘armasi mulozimidan olingan ma’lumotga tayanib.

Aytilishicha, gap 6 kilometr uzunlikdagi yo‘l ustida bormoqda. Respublika yo‘l jamg‘armasi mulozimiga ko‘ra, poytaxt Toshkentdagi keng miqyosda yo‘l qurish ishlari olib borilmoqda va buning uchun qo‘shimcha mablag‘lar sarflanmoqdaki, Chorvoq suv ombori yo‘nalishidagi yo‘l va ko‘prik qurilishi to‘xtatilgani shu holat bilan izohlanadi.

Mulozimning aytishicha, hukumat qarori bilan to‘xtatilgan va kelasi yili qurilish ishlari tiklanishi mumkin.

XS
SM
MD
LG