Линклар

Rossiya hukumatiga tegishli “Rosneft” shirkati direktori kompaniya aksiyalarining beshdan bir qismi “strategik investorlarga” yopiq turda sotilishini aytdi.

14 iyun kuni Il Sole 24 Ore italyan gazetasiga bergan intervyusida “Rosneft” direktori Igor Sechin Rossiya iqtisodidagi muammolar, neftning arzonlab ketishi hamda g‘arb mamlakatlari Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalar tufayli shirkat global birjalarda munosib baholanmayotganini ta’kidladi.

Rossiya iqtisodiyot vazirligi hisoblariga ko‘ra, shirkat aksiyalarining 19,5 foizini xususiylashtirish 700 millard rubl olib keladi. To‘plangan mablag‘ davlat byudjeti kamomadini qisqartirish uchun sarflanadi.

Sechin “Dunyo neft bozoridagi vaziyat hamda sanktsiyalar tufayli shirkatning belgilangan narxi uning fundamental qiymatiga mos kelmaydi”, dedi.

Shirkat direktorining aytishicha, shu sababli shirkat aktsiyalarini sotishdan avval ularning narxini oshirishga urinib ko‘rish kerak.

“Bu ishni uddalasak boshqa narsalar bilan bir qatorda shirkat aksiyalarini sotish orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan foyda ko‘lamini oshirgan bo‘lamiz”, deya qo‘shimcha qildi direktor.

XS
SM
MD
LG