Линклар

logo-print

AQShda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida shu yilning 1 fevralidan boshlab har bir shtatda o‘tkazilgan birlamchi saylovlarning lideri so‘nggi hudud –Kolumbiya okrugida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bu yerda demokratlarning 79 foizi Hillari Klintonga, 21 foizi senator Berni Sandersga ovoz berdi.

Hillari Klinton bilan Berni Sanders o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda har ikkala siyosatchi 8 noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida respublikachilar partiyasidan nomzod Donalьd Trampning g‘alaba qozonmasligi uchun barcha harakatlarni qilishga kelishib oldilar.

Klinton rasman Demokratik partiyaning iyulda bo‘lib o‘tadigan Butunamerika qurultoyi delegatlari ko‘pchiligining ovozlarini qozondi, deb hisoblash mumkin. Biroq ovoz berish paytida qurultoy delegatlari fikrlarini o‘zgartirib qolishlari ham mumkin.

O‘tgan haftada Hillari Klintonning nomzodini prezident Obama qo‘llab-quvvatladi.

XS
SM
MD
LG