Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:59

Pensionerlarni plastik karta olishga ko‘ndirish vazifasi o‘qituvchiga yuklandi


Karikatura Eltuz.com saytidan olindi.
Karikatura Eltuz.com saytidan olindi.

O‘zbekistonda o‘qituvchilar ham oylik va nafaqalarning plastik kartaga o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga jalb qilindi. Toshkentning ayrim maktablarida o‘qituvchilar ota-onalarga pensiya yoki oyliklarini 100 foiz plastik to‘lov kartalariga o‘tkazishni so‘rab, ariza yozdirib olishyapti. Ota-onalar esa farzandining o‘qituvchilar tomonidan kamsitilishidan qo‘rqib, arizaga imzo qo‘yishga majbur qolmoqda.

Poytaxtlik o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarining ota-onalariga pensiya yoki oyligini yuz foiz go‘yoki "o‘z xohishi bilan" plastik kartalarga o‘tkazishga rozilik berishi haqidagi umumiy arizaga imzo qo‘yishni talab qilmoqda.

O‘qituvchilardan biri bunday umumiy arizaning bir nusxasini Ozodlikka taqdim etdi.

O‘qituvchilardan biri umumiy arizaning bir nusxasini Ozodlikka taqdim etdi.
O‘qituvchilardan biri umumiy arizaning bir nusxasini Ozodlikka taqdim etdi.

- O‘zimizni oyliklarimizni ham yuz foiz plastikka tushirishi kamlik qilayotgandek, bizga hozir bank xodimlari vazifasini ham yuklatib qo‘yishyapti. Direktorimiz ota-onalarni ishlaydigani bo‘lsa oyligini, pensiyada bo‘lsa nafaqasini plastikka tushishiga roziligi haqidagi tayyor arizani qo‘l qo‘ydirib olinglar deb, dasta-dasta arizalarni o‘qituvchilarga berib chiqdi, - deydi maktab o‘qituvchisi.

O‘zbekistonda naqd pul taqchilligi bois ishchilarning maoshlari hamda pensionerlarning nafaqalari ular xohlamasalar ham “ixtiyoriy majburiy” yuz foiz plastik kartochkasiga tushirib berilyapti.

Bundan oldin qariyalarni va ishchi-xizmatchilarni ko‘ndirish ishiga mahalla qo‘mitalari, bank va pochta xodimlari safarbar etilgandi.

Toshkentdagi maktab rahbarlaridan biri o‘qituvchilar oylik va nafaqalarning plastik kartaga o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga jalb etilganini inkor etmadi.

- Biz ota-onalarga tushuntirish beryapmiz, lekin ularni plastikka o‘tinglar, arizani yozinglar, deb majburlayotganimiz yo‘q, - deydi Toshkentdagi maktablardan birining direktori.

Toshkentlik huquq faoli Shoira Sodiqbekovaning Ozodlikka aytishicha, bank nafaqaxo‘r va ishchi-xizmatchilarni plastikga o‘tishga ko‘ndirishga aynan o‘qituvchilar ishga solinayotgani bejiz emas.

- Bu nafaqat maktablar, kollejlarda ham bo‘lyapti. Ota-ona qarshi chiqadigan bo‘lsa maktabda, kollejda bolasiga problema bo‘lishi, kamsitilishi yoki haydalishi mumkin, past baxo qo‘yib berishi mumkin. Shuning uchun ham o‘qituvchilardan foydalanishyapti. O‘qituvchilar ham tepaning buyrug‘ini bajarishga majbur, - deydi Sodiqbekova.

O‘zbekistonda qariyb 10 yildan beri davom etayotgan oylik va nafaqalarni plastik kartochkalarga o‘tkazish jarayoni so‘nggi bir-ikki yil ichida ayniqsa kuchaydi.

O‘tgan yil Ozodlikka sizdirilgan O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosarining Bosh vazir Shavkat Mirziyoevga yo‘llagan hisobotida mamlakat iqtisodida vujudga kelgan naqd pul taqchilligi bois banklarning oylik va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni vaqtida berish uchun naqd pul qolmagani to‘g‘risida ogohlantirilgan edi.

XS
SM
MD
LG