Линклар

Rossiya terma jamoasining Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatidan chetlatilishi kerakmi? BahsOnline eshittirishida ana shu savol atrofida bahs yuritamiz.

Yevropa Futbol Uyushmasi - UEFA Rossiya jamoasini Yevro-2016 chempionatidan shartli ravishda chetlatishga qaror qildi.

Shuningdek, UEFA Rossiyani 150 ming yevro jarimaga tortdi.

Agar rossiyalik futbol ishqibozlari tartibsizliklarni davom ettiraversa, Rossiya futbol jamoasi Fransiyada o‘tayotgan Yevro-2016 chempionatidan butunlay chetlatiladi.

Uyushma qarori Marselda 11 iyun kuni Angliya-Rossiya uchrashuvidan oldin va keyin yuz bergan zo‘ravonliklar manzarasida qabul qilindi.

Ikki milliy terma jamoa ishqibozlari o‘rtasida Marselda uch kun davom etgan to‘qnashuvlar natijasida 35 kishi yaralandi, ulardan to‘rt nafarining ahvoli hozirda og‘ir ekani aytilmoqda. So‘nggi xabarlarga qaraganda, og‘ir ahvolda qolayotganlardan birining miyasi faoliyatdan to‘xtagan.

Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yevropalik ekspertlarning ta’kidlashicha, Marseldagi janjallarda ishtirok etgan rossiyalik fanatlar, aftidan, hujumga oldindan tayyorgarlik ko‘rganlar: qora kiyimda, boshlarida bandana, bokschilar kapalari, qo‘lqoplar va ba’zilarida pichoqlar bo‘lgan.

Xo‘sh, UEFA ogohlantirishi qanchalar asosli? Umuman, Rossiya Yevropa chempionatidan chetlatilishi kerakmi?

Agar siz bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, 16 iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

XS
SM
MD
LG