Линклар

Tulada shahar tuman sudiyangi tug‘ilgan chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirgan o‘zbekistonlik ayolni aybdor, deb topdi. 27 yoshli Kamola Davronova 11 yillik qamoq jazosini umumiy koloniyada o‘tkazadi.

Tergov davomida aniqlanishicha, "27 yoshli muhojir ayol Tulaning Proletar tumanida yashab kelgan. 2015 yilning 16 avgustida u mahalliy tug‘ruqxonada farzandli bo‘lgan. 20 avgust kuni shifoxonadan ko‘chaga chiqqan Kamolani bola boqish va o‘stirish o‘yi xavotirga solib qo‘yadi. Shu kuniyoq u Tula shahrining Yablochkova ko‘chasidagi ovloq joyga o‘tib, bolani bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldiradi".

Kamola jinoyat izlarini yo‘qotish maqsadida o‘sha kuniyoq kechki payt bola jasadini Kimovskiy tumanidagi Shaxtinskiy qo‘rg‘onidagi musulmonlar qabristonga ko‘mib keladi.

Tula shahar 2-sonli bolalar shifoxonasi uchastka pediatri bir necha kundan keyin bolani reja asosida ko‘rishga bordi va ayol yashayotgan joydan uni topa olmadi. Davronovaning bola haqida ma’lumot bermayotgani tibbiyot mutaxassisini xavotirga soladi va u Krivoluchenskiy politsiya bo‘limiga bu haqda bildirishnoma yozib beradi.

U tergovchilarga ham ishlab, ham bolaga qarashning iloji yo‘qligi tufayli jinoyatga qo‘l urgani to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Kamola Davronova jazoni umumiy rejimli koloniyalaridan birida o‘taydi.

XS
SM
MD
LG