Линклар

Eron AQShda muzlatilgan aktivlarini qaytarib olish uchun BMT Xalqaro sudiga rasmiy shikoyatnoma bilan murojaat qildi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy xalqqa telemurojaatida hukumat “markaziy bankning ikki milliard dollarlik mulki musodara qilinishi va o‘g‘irlanishi munosabati bilan Amerika ustidan BMT Xalqaro sudiga rasman shikoyat qilgan”ini ochiqladi.

Sud bu ish bo‘yicha tegishli vakolatga egami-yo‘qmi – hozircha ma’lum emas. Aprelь oyida AQSh oliy sudi Eron mablag‘lari 1983 yili Bayrutda AQSh dengiz piyodalari kazarmalari bombabo‘ron qilingan paytda o‘lgan va mas’uliyati Eronga yuklanmish boshqa hujumlarda halok bo‘lgan amerikaliklarning oilalari o‘rtasida taqsimlanishi lozimligi haqida hukm chiqargandi. Tehron bu hujumlarga aloqasi borligini rad etib keladi.

XS
SM
MD
LG