Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:16

Rus politsiyachisini tishlab olgan qirg‘izistonlik muhojir shartli jazoga tortildi


Rossiya sudi qirg‘izistonlik 22 yoshli Alisher Aloxo‘jaevni hokimiyat vakiliga nisbatan kuch ishlatganlikda aybdor deb topib, shartli ravishda uch yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Leningrad viloyat prokuraturasi ma’lumot tarqatdi.

Aytilishicha, 2016 yilning 29 fevral kuni Sosnoviy Bor shahrida qirg‘izistonlik Alisher hujjat tekshirish uchun politsiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Xizmat avtomobiliga o‘tqizilayotgan paytda u bir politsiyachini qo‘lini tishlab olgan, boshqasining barmog‘iga shikast etkazgan.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, qirg‘izistonlik muhojir o‘z aybini tan olib, pushaymonlik bildirgan va politsiya xodimlaridan uzr so‘ragan.

XS
SM
MD
LG