Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:31

Oq uy Ukrainaga islohot uchun 220 million dollar yordam puli beradi


Oq uy Kievning siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi urinishini dastaklash uchun bu yil Ukrainaga 220 million dollar miqdorida moliyaviy yordam beradi.

Urush xarob qilgan mamlakat uchun o‘ta zarur bo‘lgan bu yordam berilishi haqida AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden 15 iyun kuni Ukraina bosh vaziri Volodimir Groysman bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi.

Oq uy bu yordam Ukrainaga demokratik institutlar va qonun ustivorligini, barqaror iqtisodiy o‘sish uchun asoslarni mustahkamlashda ko‘maklashishini bildirgan.

O‘z navbatida, Ukraina bosh vaziri rasmiylar kun tartibida bojxona islohotini jadallashtirish, adliya tizimini isloh qilish orqali korruptsiyaga qarshi muttasil kurash hamda 2 iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy tuzatishlarni turmushga tatbiq qilish kabilar dolzarb bo‘lib turganini aytgan.

Kiev hukumati mustaqil ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini dastaklashni kuchaytirish, fuqarolarga davlat xizmati yaxshiroq ko‘rsatilishi uchun butun Ukraina bo‘ylab detsentralizatsiyani amalga oshirishda davom etish niyatida. Groysman hukumati energetika sohasida ham islohotlar o‘tkazishga harakat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG