Линклар

logo-print

Farg‘onalik tartib posbonlari Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari va “Barkamol avlod” yoshlar ijodiy markazi xodimlarini pora olayotgan paytda qo‘lga olgan.

Podrobno.uz sayti xabariga ko‘ra, tezkor tadbir pedagogika instituti dotsenti O. To‘xtasinova qizini shu oliygohga o‘qishga joylab qo‘yish va’dasi bilan besh ming dollar ta’ma qilgan qo‘qonlik fuqaroning arizasi asosida o‘tkazilgan.

Xabarda aytilishicha, 4500 dollar olayotgan paytda ushlangan To‘xtasinova bu pulni o‘z sherigi, Qo‘qondagi “Barkamol avlod” yoshlar ijodiy markazi o‘qituvchisi M. Hamdamovga bermoqchi bo‘lgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Hamdamov abiturientlarni oliygohga noqonuniy yo‘llar bilan kiritish bo‘yicha jinoiy sxemani yo‘lga qo‘ygan ekan. U abiturientlar o‘rniga imtihon topshirib chiqadigan sobiq talabalarni tayyorlagan, o‘zi esa buning uchun ota-onalardan pul olgan. U ham To‘xtasinovadan pul olayotgan paytda tutilgan.

Mazkur ish yuzasidan hozir tergov ishlari olib borilayotgani aytilayapti.

XS
SM
MD
LG