Линклар

logo-print

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi 14 iyun kuni 2016-2020 yillar uchun O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi konsepsiyasini tasdiqladi. Bu haqda ma’lumot tarqatgan Jahon banki matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekistonga yo‘naltirilish uchun 4 milliard dollargacha mablag‘ saqlab qo‘yilgan.

Yangi strategiya O‘zbekistonning 2030 yilgacha o‘rtacha daromadli mamlakatlar guruhi yuqori segmentidagi mamlakat maqomiga erishish maqsadini dastaklash uchun ishlab chiqilgani aytilmoqda.

“Strategiya uch ustivor yo‘nalish – xususiy sektorning oshishi, qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligi va paxtachilik sohasi modernizatsiya qilinishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga hamda davlat xizmatlari sifatini yuqorilatishga yo‘naltirilgan”, deyiladi Jahon banki xabarida.

O‘zbekiston Jahon bankiga 1995 yili a’zo bo‘lgan. O‘tgan 20 yil mobaynida bank O‘zbekistonga 2 milliard dollardan ko‘proq qarz bergan.

XS
SM
MD
LG