Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:05

Qozog‘istonlik to‘rt og‘ir atletikachi “doping tufayli” musobaqalardan chetlatildi


2012 yili Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida medal olgan qozog‘istonlik to‘rt og‘ir atletikachining doping sinovlari qayta tahlildan o‘tkazilganda, ijobiy natija berdi.

Chorshanba kuni Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) 94 kilogrammgacha vazn toifasida chiqish qilgan oltin medal sohibi Ilya Ilin, shuningdek, Svetlana Podobedova (75 kggacha), Mayya Maneza (63) va Zulfiya Chinshanlo (53) doping sinovlarida taqiqlangan moddalar topilganini bildirdi.

Ularning to‘rtalasi ham vaqtincha musobaqalardan chetlatilgan va chempionlik unvonidan mahrum etilishlari kutilayapti. Agar shunday bo‘lsa, to‘rt yil avvalgi London Olimpiadasida medallar soni bo‘yicha mamlakatlar ichida 12-o‘rinni egallagan Qozog‘iston 23-o‘ringa tushib ketadi.

XS
SM
MD
LG