Линклар

logo-print

Moliyaviy piramida qurgan chinozlik Ahmadboyni beozor chumchuqqa o‘xshatgan publitsist Sharof Ubaydullaev OzodNazarga chorlovimizni rad etmagani sababini izohlar ekan, bunday dedi: “Mening bugun g‘azabimni qo‘zg‘ayotgan narsa - sharlatanlar, poraxo‘rlar bazmu jamshid qilib yotgan bir paytda, 45 darajali issiqda, birgina Sirdaryo viloyatida byudjet tashkilotlarining 60 ming xodimi dalada g‘o‘za chopiq qilayotganidir...”

Ayni paytda, Sharof Ubaydullaev firibgarlikda ayblanayotgan Ahmad Tursunboevni “kambag‘alparvar”, deb atadiki, bu fikrga Siz tinglovchi qo‘shilishingiz, balki, mushkuldir.

Lekin OzodNazar shunday – ko‘pchilik qabul qilishi mushkul bo‘lgan fikrlar uchun ham minbardir va suhbatdoshimiz boshqalarnikiga o‘xshamagan fikrini bildirishga to‘la haqli...

XS
SM
MD
LG