Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:01

Sobiq chegarachi ShHT sammiti paytida Toshkentda piket o‘tkazmoqchi


O‘zbekistonlik huquq himoyachilarining Toshkentda o‘tkazgan piketlari faollarning militsiyaga olib ketilishi bilan yakunlanadi.
O‘zbekistonlik huquq himoyachilarining Toshkentda o‘tkazgan piketlari faollarning militsiyaga olib ketilishi bilan yakunlanadi.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari sobiq zobiti Eraj Ro‘ziev uyi noqonuniy ravishda tortib olinganiga norozilik tariqasida ShHT sammiti o‘tadigan kuni O‘zbekiston prezidenti devoni oldida piketga chiqishini e’lon qilganidan so‘ng huquq-tartibot xodimlari tomonidan bir necha soat profilaktik suhbatdan o‘tkazildi. Shunga qaramay sobiq chegarachi Toshkentda piket o‘tkazish niyatidan qaytgani yo‘q.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari sobiq katta leytenanti Eraj Ro‘ziev 16 iyun kuni Toshkentdagi “Alyans” huquqni himoya qilish tashkiloti orqali ShHT sammiti o‘tadigan kuni O‘zbekiston prezidenti devoni oldida piketga chiqishini e’lon qilganidan so‘ng poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar boshqarmasi terrorchilikka qarshi kurash bo‘limiga olib ketildi.

Eraj Ro‘zievning aytishicha, uni boshqarmada kechki soat olti yarimdan o‘n birgacha ushlab turishgan. Boshqarma xodimlari suhbat davomida Eraj Ro‘zievni piket o‘tkazishdan voz kechishga undashgan hamda piket o‘tkizadigan bo‘lsa, unga nisbatan jazo choralari qo‘llanishidan ogohlantirishgan.

Shunga qaramay Eraj Ro‘ziev 23-24 iyun kunlari Toshkentda balog‘atga yetmagan uch nafar farzandi bilan piket o‘tkazish fikridan voz kechmaganini aytdi:

- Men piketni o‘tkizaman. Militsionerlar menga “Piket o‘tkazmang”, deb aytishdi. Ammo men piket o‘tkazishimni yana e’lon qildim. Hozir borib, hokimiyatga ham piket o‘tkazishim haqida ogohlantirish arizasi topshiraman, - dedi Eraj Ro‘ziev.

Suhbatdoshimizning aytishicha, u kalendar kun hisobida 11 yilu 9 oy, umumiy hisobda esa 20 yil chegara qo‘shinlarida xizmat qilgan. Biroq u xizmat qilgan Jizzaxdagi chegara bo‘linmasi sobiq zobitga hukumat tomonidan berilgan uyni noqonuniy ravishda tortib olgan.

- Umumiy hisobda 20 yil xizmat qildim. O‘shandan kalendar hisobida xizmat qilganim 11 yil 9 oy 26 kun. Qonunlarda, agar kalendar hisobida 10 yildan ortiq xizmat qilgan bo‘lsa, uyidan chiqarish mumkin emas, deb yozilgan. Bu borada O‘zbekiston prezidentining 2007 yil 14 sentyabrda imzolagan 694-sonli Farmoni bor. Bundan tashqari bu haqda Vazirlar mahkamasining 325-sonli qarorining 54-bandida, Uy-joy kodeksining 80-moddasida, 46-va 47-moddasida ham aytilgan. Ammo bu qonunlarga birorta sudya yoki prokuror e’tibor qaratgani yo‘q, -dedi Eraj Ro‘ziev.

Unga ko‘ra, u bir necha yildan beri sudlarning noqonuniy ajrimga norozilik bildirib, Oliy Sudga, prezident devoniga, Milliy xavfsizlik xizmati rahbariyatiga o‘nlab shikoyatlar kiritgan. Eraj Ro‘ziev bu shikoyatlaridan birortasiga javob olgan emas. Eraj Ro‘ziev prezident devoni oldida ShHT sammiti o‘tadigan kuni piketga chiqish o‘zining so‘nggi ilinji ekanini ta’kidladi:

- Oilamni himoya qilish uchun hech narsadan qo‘rqmayman. Bular O‘zbekiston Konstitutsiyasini buzayotgan bo‘lsa, prezident Farmonini buzib turib meni ko‘chada qoldirayotgan bo‘lsa, xizmatimizni hisobga olmasa, yana nima qilishim kerak?- dedi Eraj Ro‘ziev.

Toshkentlik huquq faoli Elena Urlaevaning aytishicha, Eraj Ro‘ziev ShHT sammiti paytida prezident devoni oldida balog‘atga yetmagan uch farzandi bilan piket o‘tkazishini e’lon qilgan yagona o‘zbekistonlik emas.

Avvalroq “Alyans” huquq tashkilotiga ko‘zi ojiz bo‘lgan Valeriy va Venera Shukiryans murojaat qilib, huquq-tartibot tuzilmalari uch yildan beri oddiygina maishiy muammoni hal qilib bera olmayotgani, buning ortidan o‘nlab nogironlar Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi dala hovlisida dam olishdan mahrum bo‘lganini aytib, piket o‘tkazishda yordam ko‘rsatishni iltimos qilgan.

“Alyans” tashkiloti bu borada militsiyaga murojaat qilganidan so‘ng, Yunusobod tuman ichki ishlar boshqarmasi nogironlarning bir necha yildan beri hal qilinmay kelinayotgan muammosini bir kun ichida yechib bergan.

XS
SM
MD
LG