Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:32

Jinoiy to‘da o‘g‘irlangan tadbirkorning ozodligi uchun 1 million dollar talab qildi


Qashqadaryolik tadbirkorni o‘g‘irlab ketgan jinoiy to‘da undan 1 million dollar talab qildi. Xonanda Ravshan Sobirov “Turkiston” sahnasini teshib tushib ketdi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

Qashqadaryolik tadbirkorni o‘g‘irlab, 1 million dollar talab qilgan to‘da ushlandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi tadbirkor jinoiy to‘da tomonidan o‘g‘irlab ketildi (“Postda”, 11 iyun). Jinoiy guruh

​tadbirkordan bir million dollar pul berishni talab qilgan va uni qo‘rqitish uchun kaltaklagan, elektroshok moslamasi bilan azoblagan. Garovga olingan tadbirkor tanishlari orqali jinoiy guruhning Toshkentdagi a’zolariga 487 million so‘m va 140 ming dollar yetkazib bergan. Shundan keyingina u garovdan qo‘yib yuborilgan. Qayd etilishicha, jinoyat “issiq iz”da fosh etilib, jinoyatchilar ushlangan. Mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatidagi nufuzli xususiy firmalardan birining rahbari uyushtirgani aniqlangan. Jinoiy ishga daxldor shaxslarning ismi va boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.

Sog‘liqni saqlash vaziri: Shifokor uchtadan ortiq dori yozib berishi mumkin emas

Shifokor tomonidan bemorga uzundan-uzun retsept yozib berish holati

uchraydi. Qonunchilikka ko‘ra esa, shifokor bemorga og‘ir kasalliklardan tashqari holatlarda 3 tadan ortiq dori yozib berishi qat’iyan man etiladi (“Oila davrasida”, 16 iyun). Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov Toshkentda o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, bu borada davlat standarti tasdiqlangan bo‘lib, unga amal qilmayotgan shifokorlarga choralar ko‘rilmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri dori-darmonning narxiga ham to‘xtalgan. Aytilishicha, xorijdan keltirilgan dorilar 20 foiz, O‘zbekistonda ishlab chiqarilganilari esa 45 foizgacha ustama bilan sotilishi mumkin.

Xonanda Sardor Rahimxon “o‘ldi”ga chiqarildi, Ravshan Sobirov “Turkiston” sahnasini teshib tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani haqida xabar tarqatildi (“Darakchi”, 16 iyun). Gazetaga ko‘ra, ushbu mish-mishni

olg‘irlar o‘quvchilarini ko‘paytirish maqsadida tarqatgan. Xonandaning o‘zi “Ro‘zai Ramazon oylarida birovning ko‘nglini ranjitish gunohi og‘ir. Birovga o‘lim tilagandan ko‘ra o‘ziga umr tilasa bo‘lardi” deya o‘zining sog‘u salomatligini bildirgan.

“Turkiston” san’at saroyining yozgi sahnasida bo‘lib o‘tgan “Afsonaviy 90” nomli konsert dasturida xonanda Ravshan Sobirov “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini kuylash payti sahnani yorib kirib ketdi. Ya’ni xonanda ijro payti haddan ziyod qattiq sakrab yuborgan va sahna poli teshilib, tushib ketgan. Noqulay vaziyatdan qaramay xonanda qo‘shig‘ini davom ettirgani xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG