Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:30

Samarqandlik yigit qaynotasining buyurtmasi bilan chopib o‘ldirildi


Toshkentdagi avtobus korxonasi rahbari 800 million so‘mdan oshiq mablag‘ni talon-taroj qildi. Samarqandlik jo‘raboz yigit qaynotasining buyurtmasi bilan o‘ldirildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

Toshkentdagi avtobus korxonasi rahbari 800 million so‘mdan oshiq mablag‘ni talon-taroj qildi

Toshkentdagi “4-avtobus saroyi” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi mansabidan foydalanib 800 million so‘mdan oshiq mablag‘ni talon-taroj qildi (“Huquq”, 16 iyun). Ismi oshkor etilmagan kompaniya raisi

bir necha firma bilan tovar etkazib berish bo‘yicha soxta shartnoma tuzadi va ularning hisob raqamiga 657 million so‘m mablag‘ni o‘tkazadi. Tovarsiz operatsiya uchun o‘tkazilgan mablag‘ kissaga uriladi. Bundan tashqari, tovarlarning haqiqiy bahosiga nisbatan qimmatga sotib olish orqali 155 million so‘m o‘zlashtiriladi. Qayd etilishicha, “4-avtobus saroyi” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi qonun oldida javob berdi.

Samarqandlik jo‘raboz yigit qaynotasining buyurtmasi bilan o‘ldirildi

Samarqandda jo‘rabozlik va maishatga mukkasidan ketgan yigit qaynotasining buyurtmasi bilan o‘ldirildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi

B.Xolmatov “Huquq” nashriga ma’lum qiladi. Ichkilikka berilgan yigit farzandlari ko‘zi oldida xotinini muttasil kaltaklab kelgan. Mushtumzo‘r kuyovining jazolash uchun qaynota uch million so‘m evaziga ikki odamni yollagan. Mast holda uyiga qaytgan yigit yollangan qotillar tomonidan bolta bilan chopib o‘ldirilgan. Qotillikda marhumning o‘g‘li ham ishtirok etgan. Qayd etilishicha, qotillik tezda fosh qilingan. Qotillikni uyushtirgan qaynota 12 yil, unda ishtirok etgan o‘g‘il 17 yil, yollanma jinoyatchilar esa 17 va 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jinoiy ishga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Jazirama: Toshkentda 1881 yilgi rekord yangilandi

9 iyunьkuni Toshkentda o‘rtacha issiq harorat 40,5 darajaga etdi. Bir qator matbuot nashrlari xabariga ko‘ra, shu tariqa 1881 yilgi rekord yangilandi (+40,3). Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga qaraganda, o‘sha kuni Termizda 44,4 daraja issiq bo‘lib, 2008 yilgi ko‘rsatkichdan (43 daraja) o‘zib ketdi. Samarqandda ham yangi issiqlik rekordi o‘rnatildi – 37,7 daraja (2013 yili 37,5 daraja issiq bo‘lgan)

XS
SM
MD
LG