Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:31

Chinozda Ahmadboyga tegishli ferma "talon-taroj" qilindi


Ahmad Tursunboevning hibsga olinishi unga pul berganlar orasida tashvishni kuchaytirdi
Ahmad Tursunboevning hibsga olinishi unga pul berganlar orasida tashvishni kuchaytirdi

Chinozlik tabdirkor Ahmad Tursunboevga aloqador chorva fermasi talon-taroj qilindi. Bu hodisa chinozliklar orasida "Ahmabdoy" nomi bilan mashhur 38 yoshli Ahmad Tursunboev moliyaviy piramida tuzishda ayblanib, 15 iyunda hibsga olinishi ortidan yuz bermoqda.

Ozodlikka Telegram orqali etib kelgan videoda o‘nlab odamlarning chorva fermasidan qora mollarni yoppasiga talayotgani tasvirlangan.

Videoda ba’zilarning mollarni yuk mashinalariga ortayotgani, ba’zilarning esa qora mollarni ushlash umidida ularning ortidan chopib yurganini ko‘rish mumkin.

Talon-taroj jarayonini aftidan o‘z telefoniga yozib olayotgan yigit: "...Mana talon-taroj bo‘ldi Ahmadning fermasi. Biz ham turibmiz.... Hamma xohlagan ishini qilib yotibdi-da. O‘zimam uchta molni olib oldim... Olomon hamma yoqni bosib yotibdi," deya izoh beradi.

Чинозда Аҳмадбойга тегишли ферма "талон-тарож" қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:04 0:00

Toshkent viloyati prokuraturasidagi Ozodlik manbasi ushbu hodisa 16 iyun kuni yuz berganini ma’lum qildi.

Bu kecha tushlik paytida Chinoz tumanining “Do‘stlik” fermerlar uyushmasida ro‘y bergan. Fermaga Ahmadboy (Tursunboev) yigitlaridan biri - Nuriddin ismli yigit egalik qiladi. Hozirda Nuriddinning o‘zi qaerdaligini bilmaymiz,” deb aytdi prokuratura xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, militsiya ba’zi qora mollarni fermaga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

"Hozirda 20dan ko‘proq militsiya qorovullik qilayapti," deya ilova qildi Ozodlik manbasi.

Chinoz "Avto Hamkor" shirkati rahbari Ahmad Tursunboev ustidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik),168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar etkazish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Shuningdek Tursunboev 177-modda - valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda - chet el valyutasini yashirish bo‘yicha ham ayblanmoqda.

16 iyun kuni O‘zbekiston davlat telekanallari chinozlik tadbirkorning moliyaviy piramida tuzgani va u boshqargan shirkat ustidan tekshiruv boshlangani haqida "fosh qiluvchi" ruhdagi ko‘rsatuvni efirga uzatgan edi.

XS
SM
MD
LG