Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:17

Sirg‘ali bozorini militsiya bosdi: Ahmadboyga tegishli mashinalar chiqarilmayapti


17 iyunga o‘tar kechasi va erta tongda Toshkentdagi Sirg‘ali mashina bozorida sotuvi taqiqlangan engil avtomashinalarning bir miqdori olib ketilishi ortidan bozorni militsiya bosdi. Hozirda o‘nlab ichki ishlar xodimlari Sirg‘ali ma’muriyati bozordan chiqarishni taqiqlagan avtomobillarning qolganini qo‘riqlamoqda.

Bozordagi xaridor va sotuvchilarning aytishicha, sotuvi taqiqlangan mashinalarning hammasi jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lsa-da, ular chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboevning “Avto Hamkor” shirkati vositasida sotuvga qo‘yilgani uchun xatlangan.

Chinozliklar orasida “Ahmadboy” ismi bilan mashhur 38 yashar Ahmad Tursunboev moliyaviy piramida yaratishda ayblanib, 15 iyunda hibsga olingandi.

Oradan bir kun o‘tib Sirg‘ali mashina bozori ma’muriyati sotuvda bo‘lsa-da, bozordan chiqarishi taqiqlangan avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi.

Mashina bozori ma’muriyati e’lonlar taxtasiga yopishtirilgan mazkur ro‘yxatga “Avto Hamkor” shirkati vositasida sotuvga qo‘yilgan 106 dona yengil avtomobilning hammasi kiritilgan.

Fotosurati Ozodlikka Whats App vositasida yetib kelgan ro‘yxatda avtomobillar turi, rangi va nomerlari ham bitilgan.

Cirg‘ali bozoridan chiqishi taqiqlangan mashinalar ro‘yxati
Cirg‘ali bozoridan chiqishi taqiqlangan mashinalar ro‘yxati

​Ro‘yxatdan ikki “Kaptiva”, 25ta “Lasetti jentra”, 40ta “Neksiya”, 16ta “Spark”, 13ta “Matiz” rusumli avtomobillar o‘rin olgan.

Mana Sergelida spiskani osishdi. Mana shu mashinalar bozordan chiqmaydi. Ahmadboyning mashinalari ekan,” dedi suratni yuborgan Ozodlik muxlisi.

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovning aytishicha, yo‘qolgan yoki xatlangan mashinalar egalari Sirg‘ali bozoriga kelib, janjal ko‘tarishgan:

Ma’lum bo‘lishicha, Ahmad Tursunboev piramidasiga qo‘shish uchun odamlardan olgan mashinalarini sotuvga qo‘ygan. Sergeli avtomobil bozoriga. Natijada, o‘sha mashinalarning yarimi yo‘q - Ahmadboy qaerga qo‘ygani, yoki bozor ma’muriyati yashirganmi - ma’lum emas. Mashinasi yo‘qolib qolgan odamlar kelib janjal qilayapti. Undan tashqari bevosita Ahmadboyga mashinasini bozorda sotishga berib, mashinasini stoyankaga qo‘yganlar mashinasini olib chiqib ketishga harakat qilayapti. Lekin mashinalarining hujjatlari hammasi Ahmadboyga tegishli shirkatda ekan. Ya’ni mashinalar turibdi, lekin hujjatlari yo‘q. Shunga odamlar bilan ozgina mojaro bo‘layapti. Militsiya xodimlari kelib, xavfsizlikni ta’minlashga harakat qilayapti,” deydi Abdurahmon Tashanov.

Chinoz "Avto Hamkor" shirkati rahbari Ahmad Tursunboev ustidan hozirda O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik),168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Shuningdek Tursunboev 177-modda - valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda - chet el valyutasini yashirish bo‘yicha ham ayblanmoqda.

16 iyun kuni O‘zbekiston davlat telekanallari chinozlik tadbirkorning moliyaviy piramida tuzgani va u boshqargan shirkat ustidan tekshiruv boshlangani haqida "fosh qiluvchi" ruhdagi ko‘rsatuvni efirga uzatgan edi.

Ozodlikka kelgan suratlardan Ahmad Tursunboevning qimmatbaho mashinalarni xush ko‘rgani anglashiladi.

Ozodlik manbalaridan birining aytishicha, militsiya xodimlari o‘z mashinasini bozordan olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlarga Ahmad Tursunboev ishini olib borayotgan tergov xodimlari bilan uchrashishni tavsiya qilmoqdalar.

XS
SM
MD
LG