Линклар

Fransiya hukumati Yevro-2016 o‘yinlari doirasida Rossiya-Uels uchrashuvi payti futbol fanatlari ishtirokida to‘qnashuvlar va tartibsizliklar ro‘y berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Uchrashuv xavf-xatar shkalasi 3 balldan 4 ballga ko‘tarildi. Futbol o‘yini xavfsizligini ta’minlovchi politsiya va jandarmlar soni ikki mingga oshirildi.

Bundan tashqari, hukumat musoboqa payti spirtli ichimliklar sotish taqiqiqini ham kuchaytiradi.

Kafe va barlar yarimtundan yopishlari kerak bo‘ladi.

Rossiya va Uels o‘rtasidagi uchrashuv 20 iyun kuni Fransiyaning Tuluza shahrida bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG