Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:24

Rossiyada Moskva antidoping laboratoriyasi sobiq rahbariga qarshi jinoyat ishi ochildi


Rossiya tergov qo‘mitasi Moskva antidoping laboratoriyasi sobiq rahbari Grigoriy Radchenkovni xizmat vazifasini suiste’mol qilishda ayblab, unga qarshi jinoyat ishi ochdi.

Bu haqda qo‘mita rasmiy vakili Vladimir Markin 18 iyun kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.

Janob Markin o‘z chiqishida Radchenkovning davlat manfaatlariga katta ziyon keltirgani, mamlakat obro‘siga putur yetkazganini ta’kidladi.

Grigoriy Rodchenkov hozirda AQShda yashamoqda.

U Rossiyaning Sochi shahrida 2014 yilda bo‘lib o‘tgan Qishki Olimpiada o‘yinlarida rus sportchilari doping iste’mol qilgan xolda musoboqalarida qatnashganini jurnalistlarga oshkor qilgan edi.

Juma kuni Xalqaro yengil atletikachilar federatsiyasi rossiyalik sportchilarni xalqaro musoboqalardan chetlatish haqidagi qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Bu esa rossiyalik engil atletikachilarning Rio-de Janeyro shahrida avgust oyida bo‘ladigan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashmasligini anglatadi.

XS
SM
MD
LG