Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:08

Tojikistonda uch mahbus qamoqdan qochdi, biri otib o‘ldirildi


Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin Xo‘jand shahri qamoqxonasidan uch nafar mahbus qochgan.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, qo‘lga olish payti ulardan biri otib o‘ldirilgan, yana biri og‘ir yarador xolda qo‘lga olingan.

Ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan uchinchi mahbus esa qidirilmoqda.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi uni ushlashda aholidan yordam so‘ramoqda, mahbus haqida ma’lumot berganlarga mukofot puli va’da qilmoqda.

Ekstremizm, qaroqchilik kabi jinoyatlarda ayblanib, 14-20 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan maxbuslar qamoqdan qochish payti bir qo‘riqchini o‘ldirganliklari aytilyapti.

XS
SM
MD
LG