Линклар

logo-print

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo‘ladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida qatnashish uchun O‘zbekistonga safar qiladi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

Janob Putin tashrif davomida tashkilotga a’zo mamlakat rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

“2016 yilning 23-24 iyunida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Toshkentda bo‘lib o‘tadigan, Shanxay hamkorligi tashkilotining 15 yilligiga bag‘ishlangan Davlat rahbarlari kengashida qatnashadi”, — deyiladi xabarda.

Markaziy Osiyoning to‘rt davlati, Rossiya va Xitoy a’zo bo‘lgan ShXT sammitida tashkilot safini kengaytirish va xalqaro maydonda uning nufuzini oshirish masalalari ko‘tariladi.

Global va mintaqaviy muammolarni hal qilishda fikr almashiladi.

XS
SM
MD
LG