Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:59

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng qimmat mamlakat deb topildi


Numbeo portali e’lon qilgan "Cost of Living Index -2016" - yashash qiymatiga oid reytingda O‘zbekiston 122 mamlakat orasida 72-o‘rinni egalladi.

Hisobot kundalik iste’mol mollari, turar-joy ijarasi, oziq-ovqat maxsulotlari narxi singari omillar asosida tuzilgan.

Mutaxassislar yashash sharoitini baholash uchun Nyu-Yorkdagi hayot darajasiga mezon qilib olishgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng qimmat mamlakat deb topilgan.

"Cost of Living Index" ga ko‘ra, dunyoning yashash eng arzon bo‘lgan davlatlari Hindiston, Moldova hamda Pokistondir.

Eng qimmat mamlakatlar esa Bermuda,Shveysariya, Bagama orollari, Norvegiya va Islandiyadir.

O‘zbekistonda eng kam ish haqi oyiga 130 240 so‘m¸ eng kam pensiyalar esa 254 730 so‘mni tashkil etadi.

Iste’mol savati degan tushuncha bo‘lmagan O‘zbekistonda eng kam ish haqiga kun kechirish imkonsiz ekani aytiladi.

O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 55,92 foiz ko‘rsatkich bilan 59-o‘rinni egallagandi.

XS
SM
MD
LG