Линклар

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Xitoy rahbari Si Szinpin 21 iyunda davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga safar qiladi.

"Yuqori darajadagi uchrashuvlar va muloqotlar paytida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy siyosatning aktual masalalari muhokama qilinadi", — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Davlat tashrifi chog‘ida Si Szinpin O‘zbekiston parlamentining ikkala palatasida ham chiqish qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida turli sohalarda shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Si Szinpin davlat tashrifi ortidan 23-24 iyunь kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG