Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:01

Eron va Boeing 100 dona uchoq sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi


Eron va Boeing uchoqsozlik shirkati Eronga 100 dona uchoq sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Eronda mavjud 250 dona uchoqdan 230 donasi almashtirilishi kerak, dedi Eron fuqaroviy aviatsiya agentligining boshlig‘i Ali Obidzoda.

Shartnoma kuchga kirishi uchun Boeing shirkati AQSh hukumatining roziligini olish kerak bo‘ladi.

15 iyunda Boeing uchoqlar sotib olish istagida bo‘lgan Eron havo yo‘llari shirkati bilan muloqot olib borayotganini tasdiqlagandi.

Yanvar oyi o‘rtalarida G‘arb rasmiy Tehron bilan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv imzolagan va G‘arb davlatlari Eronga nisbatan jazo choralarini bekor qilgandi.

Ortidan Eron 200 dona uchoq sotib olish niyatini bildirdi.

Tehron o‘zining eskirib qolgan uchoqlarini almashtirish niyati borligini anchadan buyon aytib keladi, biroq G‘arb sanksiyalari bois yangi uchoqlar sotib olish imkoniga ega emasdi.

XS
SM
MD
LG