Линклар

logo-print

Rossiyaning Finlandiya chegarasiga yaqin shimoli-g‘arbiy Kareliya respublikasida Syamozero ko‘lida yuz bergan to‘fonda kamida o‘n nafar bolakay o‘ldi.

Bu haqda Kareliya Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili TASS axborot agentligiga 19 iyun kuni xabar berdi.

"49 kishidan iborat guruh shanba kuni solda ko‘lga chiqqan. Guruh favqulodda vaziyatlar vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan," dedi vazirlik vakili.

Rossiya matbuotiga ko‘ra, qurbonlar ag‘darilib ketgan ikki qayiqning ichida bo‘lgan.

13 kishi qutqarib olingan, yana ikki kishini qidirish ishlari hamon davom etmoqda.

Moskva meri Sergey Sobyanin qurbonlar yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

"Kareliyada katta fojia yuz berdi," deb yozdi u Twitter orqali.

XS
SM
MD
LG