Линклар

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 21 iyunda Lozannada bo‘lib o‘tajak majlisida Rossiya terma jamoasini Rio-de-Janeyrodagi Olimpia o‘yinlaridan butunlay chetlatishi mumkin.

Bu haqda ismi oshkor etilmagan majlis ishtirokchilariga tayanib Germaniyaning Spiegel gazetasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sporchilarni chetlatish masalasini muhokama qilishdan oldin Xalqaro olimpiya qo‘mitasining boshlig‘i Tomas Bax vaziyatni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan mubohisa etmoqchi.

Ammo Kreml bunday suhbatdan xabardor emasligini bildirdi.

"Bunday masalaning muhokama bo‘lishi haqida bizga ma’lum emas ", –dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Payshanba kuni Yengil atletikachilar federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IAAF) doping iste’mol qilgani uchun rossiyalik yengil atletikachilarga tayinlangan sanksiyalarni uzaytirishga qaror qildi va ularni Olimpiadadan chetlatishni talab qildi.

Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko esa bu assotsiatsiyani tarqatib yuborish kerak, deb aytdi.

2015 yil noyabrida Xalqaro aksildoping agentligi (WADA) Moskvadagi aksildoping laboratoriyada yuz bergan firibgarliklar haqida hisobot chop etgandi.

WADA bayonotiga ko‘ra, Rossiya sportida taqiqlangan preparatlarni iste’mol qilish "davlat qo‘llab-quvvatlagan madaniyat"ga aylangan.

XS
SM
MD
LG