Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:22

Rossiya: AQSh bilan Suriyadagi amaliyotlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldik


19 iyunda Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan Suriyadagi harbiy amaliyotlarni muvofiqlashtirishga kelishib olganini aytdi.

Bir kun muqaddam Pentagon Rossiya harbiylarini Suriya janubida AQSh dastaklagan muxolifat kuchlarini nishonga olishda ayblagan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, ikki mamlakat harbiy rahbariyati video konferentsiya o‘tkazib, quruqlikdagi amaliyotlarni muvofiqlashtirilgan holda olib borishga kelishib olganlar.

Vashington ushbu xabarni hozircha tasdiqlagani yo‘q.

Rossiya Mudofaa vazirligi so‘zchisi Igorь Konashenkov 16 iyun kuni hadafga olingan hudud AQSh tomonidan tan olingan muxolifat kuchlari nazoratidagi hududdan 30 kilometr uzoqlikda bo‘lganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya havo kuchlari AShQ yetakchiligidagi ittifoqqa hadafga olinajak joylar haqida oldindan ogohlantirish bergan.

XS
SM
MD
LG