Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:44

Kareliyadagi ko‘lda 15 bola cho‘kib ketgani aniqlandi


Rossiyaning Kareliya Respublikasidagi Syamozero ko‘lida yuz bergan to‘fonda 15 bola halok bo‘lgan. Rossiyaning bolalar huquqi bo‘yicha muxtor vakili Pavel Astaxov 19 iyun kuni mana shunday ma’lumot berdi.

Avvalroq Kareliya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ko‘lda kamida 10 bola cho‘kib ketgani haqida xabar tarqatgan edi. Cho‘kib ketgan bolalar 12-15 yoshlarda bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida katta yoshdagi odamlar yo‘q.

Tergov organlari bolalarning ko‘lda cho‘kib o‘lishiga sababchi bo‘lganlikda gumonlanayotgan 4 odamni qo‘lga oldi. Ulardan ikki nafari bolalarni ko‘lda sayr qildirayotgani instruktorlar bo‘lgan.

18 iyun kuni 49 kishidan iborat guruh Syamozero ko‘liga sayrga chiqqan. Ko‘lda yuz bergan to‘fon oqibatida ikki qayiq ag‘darilib ketib, bolalar halok bo‘lgan edi.

Moskva meri Sergey Sobyanin dastlabki ma’lumotlarga qaraganda ko‘lda moskvalik bolalar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Moskvada shu munosabat bilan motam e’lon qilingani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG