Линклар

Toshkentda o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida BMT kotibi Ban Ki Mun nomidan uning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jeffri Feltman ishtirok etadi. Bu haqda BMT yangiliklar markazi xabar berdi.

23-24 iyun kunlari Toshkentda ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi. Shanxay hamkorlik tashkilotiga Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zo davlat hisoblanadi. Bundan tashqari Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Mongoliya va Belarus tashkilotda kuzatuvchi davlat, Turkiya, Shri-Lanka, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepal hamkor davlat maqomiga ega.

Tashkilotga a’zo davlatlar navbatma-navbat raislik qilib keladi. 2015 yilning 11 iyulida raislik navbati O‘zbekistonga berilgan edi.

XS
SM
MD
LG