Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:15

Istanbulda politsiya kuch ishlatib geylar namoyishini tarqatdi


Turkiyaning Istanbul shahrida politsiya ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz hamda rezina o‘qlarni qo‘llab gey va lesbiyanlar namoyishini tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Istanbul markazidagi namoyishga yuz ellikdan ortiqroq odam yig‘ilgan. Mazkur namoyishni o‘tkazishga Istanbul shahri hokimiyati tomonidan xavfsizlik nuqtai nazaridan ruxsat berilmagan edi.

Istanbulda gey va lesbiyanlar namoyishlari an’anaviy tarzda 2003 yildan beri o‘tkazib kelinadi.

2015 yilda ham Istanbul politsiyasi geylar namoyishni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llab tarqatib yuborgan edi. O‘shanda Turkiya hukumati bu tadbir Ramazon oyi boshlanadigan kunda o‘tkazilgani uchun ham shunday qilinganini bildirgan.

Turkiyada gomoseksualizm jinoyat hisoblanmaydi. Biroq shunga qaramay jamiyatda gomofobik kayfiyatlar ustunlik qiladi.

XS
SM
MD
LG