Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:55

Yaponiyada AQSh harbiy bazasiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi


Yaponiyaning Okinava shahrida o‘n minglab odamlar yakshanba kuni orolda AQSh harbiy bazasi hozirligiga qarshi namoyishga chiqdi.

Namoyish boshlanishidan oldin yig‘ilganlar AQSh harbiy bazasida xizmat qiluvchi harbiy tomonidan zo‘rlangan va o‘ldirilgan 20 yoshli yapon qizini xotirladilar. Amerika harbiysi aprel oyida mazkur jinoyatni sodir etganini tan olgan va hibsda saqlanmoqda.

Namoyishchilar Yaponiya va AQSh o‘rtasida imzolangan xavfsizlik shartnomasi qayta ko‘rib chiqilishini talab qildi. Bu shartnomaga asosan AQShning asosiy harbiy ob’ektlari Okinavaga joylashtirilgan. Norozilarning ko‘pchiligi Amerika harbiylari Okinavadan chiqib ketishini talab qildi.

Ayni paytda Okinavada AQShning 26 ming harbiysi mavjud. Ikkinchi jahon urishi yakunlanganidan so‘ng Okinava 27 yil davomida AQSh ma’muriyati tomonidan idora qilingan.

XS
SM
MD
LG