Линклар

20 iyun kuni Toshkent shahrida UMS 4G LTE mobil Internetni ishga tushirdi.

Ushbu tadbir poytaxtdagi Internet tezligi bilan bog‘liq muammoni ShHT sammiti oldidan hal qilish urinishlari o‘laroq izohlanmoqda.

Toshkentda 3G yoki 2G tarmoqlaridagi tezlik muammosi abonentlar shikoyatlariga sabab bo‘lib kelib kelayotgan edi.

Endilikda 4G LTE orqali mobil Internet tezligi to‘rt barobarga oshishi mumkinligi aytilayapti.

O‘tgan yili Janubiy Koreya bozorida LTE texnologiyalari bo‘yicha etakchi sanalgan LT Corporation O‘zbekistonda 4G aloqasi bo‘yicha loyiha uchun 10 million dollar sarmoya ajratgani xabar qilingan edi.

Yuqori tezlikda ishlovchi 4G aloqasining o‘rnatilishi o‘zbekistonlik Internet foydalanuvchilariga katta hajmdagi material bilan tezroq ishlash imkonini beradi.

XS
SM
MD
LG