Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:28

23 iyunda ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi majlisi o‘tkaziladi


Payshanba kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvining majlisi bo‘lib o‘tadi.

Majlisda ShHT Ishbilarmonlar kengashining milliy qismlari raislari boshchiligidagi Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston ishbilarmonlar delegatsiyalari vakillari ishtirok etadi.

Tadbirda ishbilarmonlar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Joriy hafta ShHT sammiti bois mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakatlanish cheklandi. Poytaxt viloyatdan kelganlardan tozalanib, shaharga kirish-chiqishda blok postlar ko‘paytirildi.

ShHT sammiti bois O‘zbekistonda bo‘layotgan voqea-hodisalarni Ozodlikning Live Blogi orqali kuzating.

XS
SM
MD
LG