Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:49

O‘zbekiston oliygohlarida qabul jarayoni boshlandi


20 iyun, dushanba kunidan O‘zbekistondagi oliygohlar abiturientlardan hujjat qabul qila boshladi.

Qabul komissiyalari 20 iyulgacha soat 9:00 dan 18:00 gacha hujjat qabul qilishi aytilmoqda. Test sinovlari esa 1 avgust kuni o‘tkaziladi.

O‘zbekiston oliygohlari 2016-2017 o‘quv yilida bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 57907 nafar talaba qabul qiladi. Bu raqam keyingi bir necha yil davomida o‘zgarmasdan kelayapti.

Prezident qaroriga ko‘ra, bakalavriatga davlat grantlari bo‘yicha 19120 va to‘lov-kontrakt asosida 38787 nafar talaba qabul qilinadi.

Bu yil magistratura uchun ajratilgan o‘rinlar soni ham o‘zgarishsiz qoldi. Magistraturaga qabul qilinajak 5000 talabaning 1548 nafari davlat granti, 3452 nafari esa shartnoma asosida o‘qishga olinadi.

Prezident qarorida aytilishicha, bu yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga o‘qishga qabul qilish to‘xtatilgan.

Joriy yilda O‘zbekiston bo‘yicha 476 mingdan ortiq o‘quvchi umumta’lim maktabini bitirdi.

O‘tgan yili OTMlarga 550 ming abiturient hujjat topshirgan, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 543 ming nafarni tashkil qilgan.

Joriy yilda abiturientlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG