Линклар

Ahmadboy biznesining siri nimada? Oddiy qassob uch-to‘rt yil ichida qanday qilib misli ko‘rilmagan boylikni qo‘lga kiritdi? U qanday qilib qo‘li yupqalashgan o‘zbeklar ishonchini qozondi?OzodlikOnline eshittirishining 21 iyun, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan sonida ana shu haqda gaplashamiz.

Jonli muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari, shuningdek, WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420.724.971.539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

O‘zbekiston tarixidagi eng yirik moliyaviy piramida muallifi, deya ko‘rilayotgan Ahmad Tursunboev hibsga olinishi va uning ortidan kuzatilgan hodisalar o‘tgan bir haftaning asosiy voqeasiga aylandi.

Ahmadboy Toshkentda shu hafta o‘tkaziladigan ShHT sammiti mezboni - prezident Islom Karimovni ham matbuot sarlavhalaridan chetga surib qo‘ydi.

Ahmadboyning hibsga olinishi bilan bog‘liq so‘nggi voqea kreditorlardan tadbirkorga qarshi ommaviy tarzda ariza yozib olinayotgani bo‘ldi. Ahmadboy hibsga olinishi ortidan uning mijozlari huquq-tartibot idoralariga shikoyat qilish niyatlari yo‘qligini aytayotganiga qaramasdan, Ozodlik manbalariga ko‘ra, moliyaviy piramidaning 20 mingga yaqin ishtirokchisidan arizalar yozdirib olingan.

Lekin shunga qarmasdan, Ahmadboy piramidasi qrubonlariga aylangan o‘n minglab o‘zbekistonlik orasida tadbirkorni saxovatpesha, deb biluvchilar va uning ozod qilinishiga umid qilayotganlar, aftidan, hali ham ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Ahmadboy biznesining siri nimada? Oddiy qassob uch-to‘rt yil ichida qanday qilib misli ko‘rilmagan boylikni qo‘lga kiritdi? U qanday qilib qo‘li yupqalashgan o‘zbeklar ishonchini qozondi?

OzodlikOnline eshittirishining navbatdagi sonida ana shu haqda gaplashamiz.

21 iyun, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan interaktiv muloqotda Siz ham qatnashing.

Jonli muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari, shuningdek, WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420.724.971.539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG