Линклар

20 iyunda AQSh prezidentligiga respublikachilar nomzodi Donald Trampni otib tashlamoqchi bo‘lgan Britaniya fuqarosi Maykl Stiven Sendford hibsga olindi.

Las-Vegasda qo‘lga olingan 19 yoshli yigit Sendford Trampni o‘ldirishga uringaniga shaxsan o‘zi iqror bo‘lgan.

Senford saylovoldi kampaniyasi paytida Trampni otmoqchi bo‘lib, xavfsizlik xizmati xodimining to‘pponchasini tortib olishga harakat qilgan.

AQShda o‘tgan yarim yildan buyon yashab kelgan Senford politsiyaga Trampga suiqasd qilishni bir yil davomida rejalaganiga iqror bo‘lgan.

Ayni paytda Donald Tramp, o‘z saylov oldi kampaniyasining menejeri Kori Levandovskiyni ishdan bo‘shatdi.

Levandovski Trampga AQSh bo‘ylab ilk saylov oldi kurashlarida g‘alaba qozonishiga yordam bergandi.

Kori Levandovskining ishdan bo‘shatilishi saylovoldi strategiyasi masalasida Levandovski va Trampning yangi maslahatchilari o‘rtasida kelishovchiliklar kuchaygan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Federalniye ma’lumotlarga ko‘ra, 8 noyabrdagi saylov uchun targ‘ibot kampaniyasiga iyun boshiga qadar Tramp 1.29 million dollar naqd pul to‘plagan.

Demokratlar nomzodi Hillari Klinton esa 42 million dollar to‘plagani xabar qilinadi.

XS
SM
MD
LG