Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:13

Toshkent sammit kunlari viza muddati tugagan xorijliklarni jazolamaslikni va’da qilmoqda


O‘zbek rasmiylari ShHT sammiti kunlari O‘zbekistonda yurish vizasi muddati tugagan chet elliklarni jazolamoqchi emas. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z sayti orqali ma’lum qiladi.

“Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston aeroportlaridan xalqaro aviareyslarning kelish va ketish vaqtlaridagi ehtimoliy o‘zgarishlar hamda qo‘shni davlatlar bilan chegaralardagi ayrim o‘tish joylarida vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilishi munosabati bilan 2016 yilning 23-24 iyun kunlari chet el fuqarolarining kirish vizalarida qayd etilgan O‘zbekiston hududida bo‘lish muddatlari ularga bog‘liq bo‘lmagan holda tugaganda ularga nisbatan O‘zbekistonning tegishli organlari tomonidan jarima yoki boshqa choralar qo‘llanilmaydi”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarnomasida.

Avvalroq sammit munosabati bilan O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan chegarani 10 kunga yopishi, 24 iyun kuni esa Toshkent aeroporti 5 soatga yopilishi xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG